Operatsion tizimlar kursi Operatsion tizimlar va tegishli turdagi tizim dasturiy ta’minotini amalga oshirishda qo‘llaniladigan texnologiyalar bilan tanishish uchun mo‘ljallangan. O‘tiladigan mavzular Operatsion tizimlarning funksiyalari va tuzilishi, jarayonlarni boshqarish (yaratish, sinxronizatsiya va aloqa); prosessorni rejalashtirish; uzilishlarning oldini olish, va tiklash; asosiy xotirani boshqarish; virtual xotirani boshqarish (almashtirish, paging, segmentatsiya va sahifani almashtirish-algoritmlari); disklar va boshqa kiritish/chiqarish qurilmalarini boshqarish; fayl tizimi tuzilishi va amalga oshirilishi; va himoya va xavfsizlik.